Kompyuter o‘yinlariga qaramlik kasallik deya tan olindi

Kompyuter o‘yinlariga qaramlik kasallik deya tan olindi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kompyuter o‘yinlariga qaramlikni kasallik sifatida rasman tan oldi.
Bu haqda tashkilot hujjatiga asoslanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, kompyuter va video o‘yinlarga haddan tashqari ishtiyoq va qaramlik ruhiy buzilishning yangi turi hisoblanadi. Biroq, bu kasallikni tashxislash uchun, yil davomida odamda oila, ijtimoiy, ta’lim, kasbiy va hayotning boshqa sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan belgilar bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga faqat malakali tibbiy mutaxassis ushbu tashxisni qo‘yishi mumkin, deydi JSSTning psixofaol moddalar va giyohvandlik bo‘yicha eksperti Vladimir Poznyak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ta’rifni qarindoshlar, do‘stlarga nisbatan shaxsiy fikrga asoslanib qo‘llash mumkin emas.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.