15 yanvardan O‘zbekistonga kirishda yangi cheklovlar amal qiladi

15 yanvardan O‘zbekistonga kirishda yangi cheklovlar amal qiladi
Foto: Uzbekistan Airways
Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda koronavirusning yangi shtammi omikron kirib kelishi munosabati bilan 9 yanvar kuni navbatdagi cheklov choralarini e’lon qilgandi.

Unga ko‘ra, 15 yanvardan:
  • Xorijdan kirib keluvchilar (avtomobil harakati bundan mustasno) manfiy natija bergan PSR-test to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishi kerak (kamida 48 soat oldin olingan).
  • Agar PSR-test bo‘lmasa, aeroport/vokzal/chegara o‘tkazish punktlarida ekspress test topshirishi shart bo‘ladi.

Shuningdek, Umra ziyoratidan qaytadigan O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoni hududida PSR- yoki ekspress-test topshiradi. Test natijalari o‘zbek tibbiyot xodimlari tomonidan olinadi. O‘zbekistonga faqat manfiy natija ko‘rsatgan holda qaytish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni Dubaydan Toshkentga kelgan reys yo‘lovchisida koronavirusning yangi shtammi aniqlangandi. So‘nggi hafta davomida mamlakatda kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari ortib bormoqda - so‘nggi kunda 714 kishiga tashxis qo‘yilgan (bir kun oldingi ko‘rsatkich 604ta edi).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.