Toshkentda pnevmatik qurol bilan mashinaga o‘q uzgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda pnevmatik qurol bilan mashinaga o‘q uzgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 20 yanvar kuni fuqaro mashinaga pnevmatik qurol bilan o‘q uzdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Toshkentda pnevmatik qurol bilan mashinaga o‘q uzgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 11:35 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumanining Feruza dahasi Ulug‘bek ko‘chasining qatnov qismida sodir bo‘lgan. S.Z. ismli Spark haydovchisi (1990 yilda tug‘ilgan) tanishi, «VAZ-21099» mashinasi haydovchisi A.G.ni (1985 yilda tug‘ilgan) ko‘rib qolgan. U bilan oldin turmush o‘rtog‘ini rashk qilish oqibatida o‘zaro kelishmovchiligi bo‘lgan S.Z. mashinadan tushib, G.A. bilan gap talashgan.

U «Jiguli»ning g‘ildiragiga tepib, yonidagi pnevmatik quroldan avtomobilga bir marta o‘q uzgan. Buning ortidan hech kim jabrlanmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.