O‘zbekistonda «Inson qadri uchun – 100 ta maqsad» loyihasiga 55 trln so‘m ajratiladi

O‘zbekistonda «Inson qadri uchun – 100 ta maqsad» loyihasiga 55 trln so‘m ajratiladi
Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha, «Inson qadri uchun – 100 ta maqsad» belgilab olindi. Bu haqda 26 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ta’kidlandi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha, ‘Inson qadri uchun – 100 ta maqsad\' belgilab olindi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun, 2022 yilning o‘zida umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda», – dedi prezident.

Davlat rahbari barcha sa’y-harakatlar, ajratilayotgan mablag‘lar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shartligini ta’kidladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.