Toshkent viloyatida 16 metrli quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi

Toshkent viloyatida 16 metrli quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Toshkent viloyati Angren shahrida 7 fevral kuni 16 metrli quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, soat 11:48 da shahar 3-yong‘in-qutqaruv qismi dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar Angren shahar Bunyodkor ko‘chasiga yetib borgan.

Aniqlanishicha, fuqaro V.B. ichimlik suvini chiqarish uchun mo‘ljallangan chuqurligi 16 metr bo‘lgan quduq ichiga tushib ketgan kuchuk bolasini olib chiqmoqchi bo‘lgan. Ammo u osilib tushayotgan arqon kutilmaganda uzilib ketishi oqibatida quduqqa tushib ketgan.
Toshkent viloyatida 16 metrli quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
«Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida fuqaro va kuchuk bolasi quduq ichidan olib chiqildi», — deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.