Lukashenkoning O‘zbekiston haqida oxirgi bildirgan bayonoti yuzasidan O‘zbekiston tomoni javob qaytardi

Lukashenkoning O‘zbekiston haqida oxirgi bildirgan bayonoti yuzasidan O‘zbekiston tomoni javob qaytardi
«Bu kabi qator tuturiqsiz bayonotlar birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan erishilgan davlatlararo munosabatlarning ruhi va darajasiga mutlaqo mos kelmaydi.

Hurmatli Aleksandr Grigorevich, avvalo, o‘z mamlakatining ichki va tashqi masalalari bilan shug‘ullansa oqilona yo‘l tutgan bo‘lar edi. Zotan, bugungi kunda Belarusdagi muammolar «yashirib» qo‘yilgani bilan, butkul bartaraf etilmagan.

Bunday holatda o‘zini «rangli inqiloblar»ni bartaraf etish bo‘yicha yetuk «ekspert» sifatida ko‘rsatish, boshqa mamlakatlardagi vaziyatga baho berish va ularning tashqi siyosatini sharhlashga urinishning hojati yo‘q.

O‘zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida o‘z kelajagiga nisbatan aniq qarashga ega hamda faqatgina xalq va davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda milliy taraqqiyot strategiyasi yo‘lida olg‘a intilishda davom etadi.

Yana bir bor barcha «maslahatchi»larga o‘z ishlari bilan shug‘ullanishlarini tavsiya qilamiz
», degan rasmiy manba.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.