Toshkent aeroportida tamaki qutilariga yashirilgan dollar va rubllar fosh qilindi

Toshkent aeroportida tamaki qutilariga yashirilgan dollar va rubllar fosh qilindi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston orqali xorijga valyuta mablag‘larini noqonuniy ravishda olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu fuqaroning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan va u o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Natijada ushbu shaxsning yuklari orasidagi tamaki qutilarida bojxona xodimlariga ma’lum qilinmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan, olib chiqish me’yoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati 465 million so‘m ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutalar, ya’ni 27,3 ming dollar va 1,8 million rubl borligi aniqlangan.
Toshkent aeroportida tamaki qutilariga yashirilgan dollar va rubllar fosh qilindi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, qonunchilikka ko‘ra 100 million so‘mgacha ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston hech qanday ruxsatnomasiz olib chiqish mumkin. Shuningdek, 70 million so‘mgacha bo‘lgan ekvivalentdagi mablag‘lar uchun deklaratsiya talab qilinmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.