Namanganda «prava»si yo‘q yigit boshqargan Nexia beton to‘siqqa urilib ag‘darildi

Namanganda «prava»si yo‘q yigit boshqargan Nexia beton to‘siqqa urilib ag‘darildi
Foto: Namangan viloyati YHXB matbuot xizmati
Namangan shahar G‘irvonsoy ko‘chasida Nexia-2 beton to‘siqqa urilib ag‘darildi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 19 mart kuni soat 01:30 larda yuz bergan. 1998 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro Nexia-2 ni Davlatobod—Toshbuloq yo‘nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa chiqib ketishi oqibatida ag‘darilgan.

Buning oqibatida avtomashina salonida bo‘lgan 1995 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi o‘ng yuz yumshoq to‘qimasi lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Namanganda «prava»si yo‘q yigit boshqargan Nexia beton to‘siqqa urilib ag‘darildi
Foto: Namangan viloyati YHXB matbuot xizmati
Mazkur holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.