Samarqandda bir gektar yer 500 ming dollarga baholandi

Samarqandda bir gektar yer 500 ming dollarga baholandi
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha uch nafar shaxs Samarqand shahar Qorasuv maskanida boshqa birovga tegishli bo‘lgan yer maydonidan bir gektarini firibgarlik yo‘li bilan 500 ming AQSH dollarga sotishni rejalashtiradi. Ular «mijozdan» 250 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasida Jinoyat Kodeksining 168 moddasi 4 qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov xarakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.