AQSH O‘zbekiston chegara qo‘shinlariga 50ta mashina sovg‘a qildi

AQSH O‘zbekiston chegara qo‘shinlariga 50ta mashina sovg‘a qildi
Foto: AQSH elchixonasi
AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga 50 ta «Toyota Hilux» va «Fortuner» rusumli avtomashina topshirdi.
AQSH O‘zbekiston chegara qo‘shinlariga 50ta mashina sovg‘a qildi
Chegara qo‘shinlari nomidan avtomashinalarni qo‘mondon o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Mansurov qabul qilib oldi.

Ushbu transport vositalari AQSH davlat departamenti moliyalashtiruvchi Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish jamg‘armasi doirasida sovg‘a qilindi.

Qiymati 2,25 million dollarga teng avtomashinalar AQSHning xavfsizlik sohasida O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordamining bir qismi hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.