Pasport o‘rniga mobil telefon - yangi tartib avgustdan ishga tushadi

Pasport o‘rniga mobil telefon - yangi tartib avgustdan ishga tushadi
Davlat xizmatlaridan foydalanishda Mobil-ID tizimi joriy etiladi. Bu haqida 20 aprel kuni imzolangan PF–113-sonli prezident qarorida aytib o‘tilgan.

2022 yil 1 avgustdan boshlab shaxsni aniqlash uchun quyidagi tizim joriy etiladi:
  • davlat xizmatlaridan foydalanishda mobil-ID tizimi joriy etiladi;
  • mobil-ID tizimi shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;
  • shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash DXM yoki notarial idora tomonidan yoxud YAIDXP mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;
  • bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022 yil 31 dekabrgacha to‘lov undirilmasdan (bepul), 2023 yil 1 yanvardan BHMning 2 foizi (5400 so‘m) miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi;
  • Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin;
  • fuqaroning YAIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.

Yangi farmondan maqsad - davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni qisqartirishga, deyiladi qonun matnida.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlaridan talab qilinadigan 73 turdagi ma’lumotnomalar va hujjatlar - talabi bekor qilinadi. Ushbu ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.