Dilfuza Ismoilova shaxsiy hayotidagi xushxabarni oshkor etdi


Bugun, 1 avgust kuni taniqli xonanda va aktrisa Dilfuza Ismoilova hayotidagi quvonchli voqea haqida ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi, deb yozmoqda \"Qalampir.uz\" nashri. Ismoilovaning ma’lum qilishicha, u yana bir bor buvilik baxtiga muyassar bo‘lgan.
“Yaratganga shukur, yana nabirali bo‘ldim. Qiz! Umri bilan, rizqi bilan bergan bo‘lsin”, deb yozadi Ismoilova.
Xonandaning “Qalampir.uz” muxbiriga ma’lum qilishicha, u uchinchi bor buvi bo‘lgan. Bundan avval, xonandaning katta o‘g‘li Sardor va qizi ham o‘g‘illi bo‘lishgan edi. Kenja o‘g‘li Sarvar esa qiz farzand ko‘rgan. Chaqaloqqa Farangiz deb ism qo‘yildi.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Dilfuza Ismoilovani yana bir bor nabirali bo‘lgani bilan muborakbod etamiz. Ayni damda buvilik gashtini surayotgan xonandaning kelgusidagi ijodi ham shunga yarasha bo‘ladi, deb umid qilamiz.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













