Marhum suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li uylandi

Marhum suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li uylandi
Marhum suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li uylandi

O‘zbekiston xalq artisti, marhum suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li Jamshid O‘tbosarov 12 noyabr kuni oila qurdi. Bu haqda suxandonning eng yaqin do‘stlaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev feysbukdagi sahifasi orqali ma’lum qilgan. Sahifada yosh fotorassom Shuhrat Usmonov tomonidan tushirilgan suratlar keltirilgan.
Marhum suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li uylandi

To‘yga o‘zbek shou-biznesning eng yorqin vakillari, jumladan, \"San’at guruhi\", Ziyoda, Alisher Fayz, Manzura, Shahzod, Mavluda Asalxo‘jaeva, \"Shosh\" guruhi, Ra’no Yarasheva kabi san’atkorlar tashrif buyurib, O‘tbosarovlar oilasini ushbu quvonchli kun bilan qutlashgan.
Marhum suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li uylandi

Toshkentdagi “Zebu zar” restoranida bo‘lib o‘tgan visol oqshomida suxandonning shogirdlari, yosh boshlovchilar ham hozir bo‘lishgan.
Marhum suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li uylandi

Eslatib o‘tamiz, Abdumo‘min O‘tbosarov 2015 yilning 31 dekabr kuni 56 yoshida olamdan o‘tgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.