Yulduz Usmonova katta sahnaga qaytmoqda

Yulduz Usmonova katta sahnaga qaytmoqda
Yulduz Usmonova katta sahnaga qaytmoqda

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytadi. Bugun u Toshkentda O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti g‘alabasiga tashkillashtirilgan bayram tadbirida ishtirok etdi. U o‘zbek estradasining bir guruh atoqli namoyondalari va sportchilar qatorida sahnada turib, O‘zbekiston madhiyasini kuylagan.
Yulduz Usmonova katta sahnaga qaytmoqda

Kun nashrining ma’lum qilishicha, Yulduz Usmonova yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan yana bir bayram konsertida ishtirok etishi mumkin.

Qayd etish kerakki, oktyabr oyida Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytishi haqida xabarlar tarqalgandi.

U O‘zbekistonda prezidentlik saylovi arafasida videomurojaat qilib, saylovda Liberal-demokratlar partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishini ma’lum qilgan va muxlislarini ham shu nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgandi.

Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 2005 yildan buyon davlat tadbirlarida ko‘rinish bermay qo‘ygandi. U O‘zbekistonda oxirgi bor 2007 yilda konsert bergan (Xalqlar do‘stligi saroyida).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.