Shirin va Nodir Zaitovlardan kutilmagan yangilik: “Qora sochligim” tez orada! (video)

Shirin va Nodir Zaitovlardan kutilmagan yangilik: “Qora sochligim” tez orada! (video)

Xonandalar Shirin Zaitova va Nodir Zaitovlar Instagram sahifalari orqali muxlislarini quvontirgan xushxabar bilan bo‘lishdi. Ular yaqin kunlarda yangi qo‘shiq premyerasini taqdim etishini ma’lum qildi. Yangi tarona “Qora sochligim” deb nomlanadi.

Hozircha qo‘shiqning aniq premyera sanasi ochiqlanmagan bo‘lsa-da, bu yangilik muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ijtimoiy tarmoqlarda san’atkorlarning kuzatuvchilari ushbu ijodiy yangilikni iliq kutib olib, qo‘shiq tezroq e’lon qilinishini intizorlik bilan kutishayotganini izohlarda qayd etishdi.

Ayni paytda “Qora sochligim” taronasi Shirin va Nodir Zaitovlar ijodidagi navbatdagi yorqin duet bo‘lishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.