Ozodbek Nazarbekovning ikkinchi qizi turmush qurmoqda

Ozodbek Nazarbekovning ikkinchi qizi turmush qurmoqda
Ozodbek Nazarbekovning ikkinchi qizi turmush qurmoqda

2014 yilda qizi Robiyani turmushga uzatib, bobo bo‘lishga ham ulgurgan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ayni damda ikkinchi qizini turmushga berish taraddudini ko‘rmoqda. Bu haqda “Qalampir” sayti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan hafta Nazarbekovning xonadonida “fotiha to‘yi” marosimi bo‘lib o‘tgan. To‘y esa aprel oyining boshida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Avvalroq, Ozodbek Nazarbekov bu yil aprel oyida konsert bermasligini ma’lum qilgandi. Buning sababini ko‘pchilik O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning katta sahnalarga qaytishi bilan bog‘lagandi. Biroq konsert bo‘lmasligi sababi ko‘p o‘tmay kundek ravshan bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.