Nega Munisa Rizayevaga “vatan xoini” degan ayblovlar qo‘yilmoqda? Xonandadan keskin javob

Nega Munisa Rizayevaga “vatan xoini” degan ayblovlar qo‘yilmoqda? Xonandadan keskin javob

Xonanda Munisa Rizayeva intervyularidan birida yaqinda bir ishchisini ishdan bo‘shatganini ma’lum qildi. San’atkor bunga sabab bo‘lgan gap uni juda qattiq ranjitganini aytib o‘tdi.

Munisa Rizayevaning so‘zlariga ko‘ra, ishchisi unga odamlar orasida tarqalgan ayrim fikrlarni yetkazgan. Xususan, xonandaga “siz vatanni tashlab Dubayga ko‘chib ketgansiz, o‘zbekka emas, Belarus fuqarosiga turmushga chiqqansiz va farzandingizni ham O‘zbekistonda dunyoga keltirmagansiz, demak siz vatan xoinisiz”, degan gaplar aytilgan.

Xonanda bu gaplardan juda qattiq ta’sirlanganini yashirmadi. “Yuragim parchalanib ketdi, ko‘tara olmadim. Chunki bu haqiqat emas, bu yolg‘on”, — dedi u hissiyot bilan.

Munisa Rizayeva o‘zini vatanni eng ko‘p sevadigan insonlardan biri deb bilishini ta’kidladi. U 20 yil Angliyada o‘qigan paytida ham ota-onasi bilan O‘zbekistonga qaytish masalasida ko‘p tortishganini aytib o‘tdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.