Bojalar guruhi “O‘zbek publika” treki bilan muxlislarni ruhlantirdi

Bojalar guruhi “O‘zbek publika” treki bilan muxlislarni ruhlantirdi

Bojalar guruhi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki oldidan “O‘zbek publika” nomli yangi trek va videoklipni taqdim etdi. Qo‘shiq futbol muxlislariga ko‘tarinki kayfiyat ulashish va terma jamoani qo‘llab-quvvatlash ruhida yaratilgan.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Videoklipga Xasan Atabayev rejissyorlik qilgan, musiqani esa Otabek Mirzaholov bastalagan.

Klipda “Biz bu yerga marojniy yegani kelganimiz yo‘q” degan ibora ham ishlatilgan. Bu gap muxlislar orasida mashhur bo‘lgan Hojiboy Tojiboyevning Jahon chempionati haqidagi hazilomuz fikrlarini eslatadi.

[media=https://www.youtube.com/watch?v=xxhyweBrprYv]

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya va FIFA 1-play-off g‘olibi bilan bahs olib boradi. Terma jamoa ilk o‘yinini 17 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.