Samarqandda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali boshlandi

Samarqandda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali boshlandi
Samarqandda “Sharq taronalari” o‘n birinchi xalqaro musiqa festivali boshlandi. Registon maydonidagi asosiy sahnada qatnashchilar o‘z dasturlarini namoyish etishga kirishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Festivalning boshqa ishtirokchilari Samarqand shahridagi “So‘g‘diyona”, “Yoshlik” istirohat bog‘larida, Samarqand pedagogika kolleji, “Nihol” amfiteatrida samarqandlik san’atkorlar bilan hamkorlikda konsert dasturlari namoyish etdilar.

Xususan, “Nihol” amfiteatrida Italiya, Hindiston, Eron, Vetnamdan kelgan ijodiy guruhlar va mamlakatimiz vakillari tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.