Konstitutsiya kuni munosabati bilan “xalq artistlari” xalqqa konsert beradi

Konstitutsiya kuni munosabati bilan “xalq artistlari” xalqqa konsert beradi
12 oktyabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida O‘zbekiston xalq artistlari klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar bermoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Klubning asosiy vazifalari, chora-tadbirlari keng muhokama qilindi.
Konstitutsiya kuni munosabati bilan “xalq artistlari” xalqqa konsert beradi
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligini keng nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida O‘zbekiston xalq artistlari ishtirokida gala-konsert tashkil etish taklifi ma’qullandi.
Konstitutsiya kuni munosabati bilan “xalq artistlari” xalqqa konsert beradi
Bunday tashqari, Vazirlar Mahkamasining “Paxta yig‘im-terimida qatnashayotgan hasharchilarga madaniy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida”gi bayoni ijrosini ta’minlash yuzasidan konsert tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.