Manzura va Terlan Novxani videoklip ustida ishlamoqda (video)

Manzura va Terlan Novxani videoklip ustida ishlamoqda (video)
Ma’lumki, xushovoz xonanda Manzura Ozarbayjonlik hamkasbi Terlan Novxani bilan ikkinchi duetini taqdim qilgan edi. Ijodkorlar \"Ayri dunyala\" qo‘shig‘i uchun videoklip tasvirga tushirishmoqda.

Suratga olish ishlari Ozarbayjonda bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda xonanda instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Klip rejissyori Nail Naibog‘lu. Yaqin kunlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan klipda Manzura o‘zgacha obrazlarda namoyon bo‘lgan.

Suratga olish ishlarining bir qismi Kaspiy dengizi sohillarida bo‘lib o‘tdi.
Manzura va Terlan Novxani videoklip ustida ishlamoqda (video)
Ularning ilk dueti — \"Xiyonat qilmadim\" qo‘shig‘i har ikki davlatdagi muxlislar orasida ommalashdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.