Dizayner qog‘ozdan realistik qushlar yaratmoqda (foto)

Dizayner qog‘ozdan realistik qushlar yaratmoqda (foto)
Nixarika Rajput o‘zining aqlboar qilmas san’ati evaziga taniqlilikka erishmoqda. Dizayner qog‘ozdan realistik qushlar yaratmoqda.

Nixarika dastlab bo‘lg‘usi ijod mahsulining batafsil sxemasini yaratadi. So‘ngra karkasni tayyorlab, unga qog‘ozlardan qirqib olingan yuzlab “patchalar”ni yopishtirib chiqadi. U akril bo‘yoq bilan o‘z ijod mahsuliga oxirgi chizgilarni beradi. Sermashaqqat ish natijasi barcha kutganlaringizdan a’lo chiqadi.

Ayolning aytishicha, u turli materiallar bilan eksperiment qilgan, biroq aynan qog‘ozgina patlar teksturasini eng yaxshi takrorlashini aniqlagan.

Rajput yo‘qolib borayotgan qush turlarini yaratishga harakat qiladi.
Dizayner qog‘ozdan realistik qushlar yaratmoqda (foto)
Dizayner qog‘ozdan realistik qushlar yaratmoqda (foto)
Dizayner qog‘ozdan realistik qushlar yaratmoqda (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.