Jang sahnalarini suratga olishda dublyorlardan foydalanmaydigan aktrisalar

Jang sahnalarini suratga olishda dublyorlardan foydalanmaydigan aktrisalar
Poshnali tufli kiyib, sochini chiroyli turmaklagani bilan jang qilishda erkaklardan qolishmaydigan yulduzlar kim ekaniga to‘xtalamiz.

Elodi Yung
Jang sahnalarini suratga olishda dublyorlardan foydalanmaydigan aktrisalar
Foto: «Yandeks Dzen»
Elodi 9 yoshidan karate bilan shug‘ullanib, qora belbog‘ sohibi bo‘lishga ham ulgurgan. Ushbu sport turi uning karerasida ham qo‘l kelgan. «Qo‘rquv bilmas inson» filmida Elektra roliga qabul qilinishga ham aynan undagi qobiliyat sababchi bo‘lgan.

Sammer Glau
Jang sahnalarini suratga olishda dublyorlardan foydalanmaydigan aktrisalar
Foto: «Yandeks Dzen»
Aktrisa bolaligida balerina bo‘lishni orzu qilgan. Lekin mashg‘ulot davomida orttirilgan jarohatdan keyin baletni tark etishiga to‘g‘ri kelgan. Sammer tushkunlikka tushib qolmasdan qiziqishidan kelib chiqib yakka kurashni tanlagan. Kung-fu, kikboksing va ushuni o‘rgangani kinodagi rollarida qo‘l kelgan..

Lyusi Lyu
Jang sahnalarini suratga olishda dublyorlardan foydalanmaydigan aktrisalar
Foto: «Yandeks Dzen»
Lyusi tanlagan sport turi boshqa aktrisalarnikidan farq qiladi. U arnis deb nomlangan Filippin jang san’atini uzoq vaqt davomida o‘rgangani sabab ham «Billni o‘ldirish», «Charli farishtalari» va «Temir musht» filmlaridagi rollarini qoyilmaqom qilib ijro qilgan.

Priyanka Chopra
Jang sahnalarini suratga olishda dublyorlardan foydalanmaydigan aktrisalar
Foto: «Yandeks Dzen»
2000 yilda «Dunyo go‘zali» deb topilgan Bollivud yulduzi nazokatli va latofatli ko‘ringani bilan o‘zini xafa qildirib qo‘ymaydigan, kerak bo‘lsa jang qilib himoya qila oladiganlardan. Priyanka rollarini maromiga yetkazish uchun karate va jiu-jitsu sporti bilan shug‘ullangan.

Keyti Lots
Jang sahnalarini suratga olishda dublyorlardan foydalanmaydigan aktrisalar
Foto: «Yandeks Dzen»
Keyti aktrisa bo‘lguniga qadar parkur sport turi bilan shug‘ullangan va filmlarda kaskadyorlik qilgan. Biroz vaqt o‘tgach, boshqalar soyasida qolishni istamasligini tushunib yetgan Lots karera qilishga kirishgan. O‘zining birinchi rolini qo‘lga kiritganidan keyin krav-maga va muay-tay bilan shug‘ullanishni boshlagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.