Kristen Styuart malika Diana obrazida: «Spenser» filmining ilk rasmiy treyleri taqdim qilindi

Kristen Styuart malika Diana obrazida: «Spenser» filmining ilk rasmiy treyleri taqdim qilindi
Foto: People Talk
Muxlislar loyiha posteri va Kristen Styuartning Diana obrazidagi bir-ikkita kadrning o‘zinigina ko‘rganiga qaramay, «Spenser» kartinasi allaqachon odamlar og‘ziga tushib ulgurdi. Va nihoyat filmning ilk rasmiy treyleri e’lon qilindi.

«Spenser» kartinasida Diananing shahzoda Charlz bilan munosabatlariga allaqachon darz ketib, ajrashish arafasida turgani, ya’ni 1991 yildagi voqealar haqida hikoya qilinadi.
Kristen Styuart malika Diana obrazida: «Spenser» filmining ilk rasmiy treyleri taqdim qilindi
Foto: People Talk
Pablo Larrainaning kartinasidagi voqealar Rojdestvo bayrami vaqtida Sandringem saroyida kechadi. Syujetga ko‘ra, turmush o‘rtog‘ining xiyonat qilayotganidan shubhalangan Diana «qirollik o‘yinlari»ni yaxshi bilgan holda oxirigacha borishga tayyor bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kristen Styuartdan tashqari filmda Timoti Spoll, Salli Xokins va Shon Xarris ham suratga tushadi. Kinolentaning premerasi 2021 yilning 5 noyabrida bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.