Holand «Manchester Siti»ga qanchaga tushdi?

Holand «Manchester Siti»ga qanchaga tushdi?
Foto: «Marca»
Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Erling Holand «Manchester Siti» (Angliya) o‘tishga juda yaqin. «The Telegraph» ingliz nashri xabar berishicha, 21 yoshli norveg futbolchisini keltirish «shaharliklar»ga 250 million yevroga tushadi.

Shu pulning 75 millioni «Borussiya»ga to‘lanadi, 125 millioni futbolchi bilan kelishuv bonusi va besh yillik shartnoma doirasidagi maoshiga ketadi. Qolgan 50 millioni agentlar va Holandning vakillari o‘rtasida taqsimlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Holand hozir Bryusselda, «Siti»ga o‘tish uchun tibbiy ko‘rikda. Shartnoma rasman kelgusi haftada e’lon qilinishi kutilyapti.

Ma’lumot uchun: Erling Holand — 2020 yilning yanvaridan beri «Borussiya» futbolchisi. «Arilar» futbolkasida jami 88 o‘yin o‘tkazib, 85 ta gol va 23 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.