Shohjahon Ergashev may oyida argentinalik bokschiga qarshi jang qiladi

Shohjahon Ergashev may oyida argentinalik bokschiga qarshi jang qiladi
Professional boksning superengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Shohjahon Ergashev (21-0, 19 KO) o‘zining navbatdagi jangini 26 may kuni AQSHda o‘tkazadi.
Shohjahon Ergashev may oyida argentinalik bokschiga qarshi jang qiladi
Foto: Salita Promotions
Avvalroq unga ushbu jangda Burkina Faso vakili Issuf Kinda (18-5, 7 KO) raqiblik qilishi xabar qilingandi. Salita Promotions’ning ma’lum qilishicha, mazkur boks kechasida Shohjahonning raqibi argentinalik Luis Alberto Veron (19-3-2, 9 KO) bo‘ladi.

Ergashev so‘nggi jangini 2021 yilning dekabr oyida o‘tkazib, unda Tailand vakili Aekkauee Kaumaneni nokautga uchratgandi. Veron esa oxirgi marta 2021 yilning oktabrida ringga chiqib, unda Leonardo Amitranodan ustun kelgan.

Shohjahon yanvar oyida professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay boksga qaytganini e’lon qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.