Mourino Yevrokubokda 5-marotaba g‘alaba qozongan ikkinchi murabbiyga aylandi

Mourino Yevrokubokda 5-marotaba g‘alaba qozongan ikkinchi murabbiyga aylandi
Joze Mourino faoliyatida 5-marta Yevrokubok musobaqasida g‘olib chiqdi.

\"Roma\" portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida Konferensiyalar ligasi musobaqasida g‘alaba qozondi. Bungacha Joze ikki marta YECHL va ikki marta UYEFA kubogi/Yevropa ligasi musobaqasida g‘alabaga erishgandi.

Mourino 5 marta Yevrokubokda g‘alaba qozongan ikkinchi murabbiyga aylandi. Bungacha faqat Jovanni Trapattoni shunday natijaga erishgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.