Yevropaning eng qimmat klublari reytingi yangilandi

Yevropaning eng qimmat klublari reytingi yangilandi
KPMG talqiniga ko‘ra Yevropaning eng qimmat klublari reytingi e’lon qilindi.

Madridning «Real» jamoasi ketma-ket to‘rtinchi yil reytingda yetakchilik qilmoqda. Hozirda jamoaning narxi 3,184 milliard yevroni tashkil qiladi.

Ikkinchi o‘rinni 2,883 milliard yevroga baholangan «Manchester Yunayted» egallagan bo‘lsa, «Barselona» 2,814 milliard bilan uchinchi pog‘onani band etgan.

Reytingdagi 32 jamoaning 10 tasi APL klublarini tashkil etadi.

«Milan» esa reytingdagi klublar ichida eng yaxshi o‘sishni qayd etdi. «Rossonerilar» +35% o‘sishga erishgan va 578 million yevro bilan ro‘yxatda 15-o‘rinni egallagan. Top-10 ro‘yxatda faqatgina «Barselona»ning narxi 2 foizga pasaygan.

Yevropaning eng qimmat top-10 klubi:
1. «Real» – 3,184 milliard yevro;
2. «Manchester Yunayted» – 2,883;
3. «Barselona» – 2,814;
4. «Bavariya» – 2,749;
5. «Liverpul» – 2,556;
6. «Manchester Siti» – 2,483;
7. «Chelsi» – 2,179;
8. «PSJ» – 2,132;
9. «Tottenhem» – 1,912;
10. «Yuventus» – 1,597.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.