Futzal. O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi uchun taqvimi

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi uchun taqvimi
O‘zbekiston terma jamoasi Bahraynda Osiyo kubogi doirasida Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O‘zPFL matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoamiz 27 sentabr kuni Turkmanistonga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bahs 21:00 da start oladi.

2 kundan so‘ng 17:00 da vakillarimiz Tojikiston termasini sinovdan o‘tkazadi. 1 oktabr kuni soat 21:00 da futzalchilarimiz Bahrayn terma jamoasi bilan o‘yin o‘tkazadi.

Marhamat, quyida terma jamoamizning taqvimi bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
Futzal. O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi uchun taqvimi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.