Ahmadaliyev mag‘lub etgan Deniel Roman yana bir imkoniyatdan foydalana olmadi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida PBC professional boks oqshomi doirasida birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) WBC va WBO kamarlari egasi Stiven Fulton da’vogar Deniel Romanga qarshi jang olib bordi. To‘liq davom etgan bahsda Fulton 119-109, 120-108, 120-108 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, Fultonning janglar statistikasi 21-0 (8 KO) ko‘rinish olgan bo‘lsa, Romanda bu ko‘rsatkich 29-4-1 (10 KO) holatiga keldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida WBA va IBF kamarlari hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevga tegishli bo‘lib, ularni aynan Deniel Romandan tortib olgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ushbu g‘alabadan so‘ng, Fultonning janglar statistikasi 21-0 (8 KO) ko‘rinish olgan bo‘lsa, Romanda bu ko‘rsatkich 29-4-1 (10 KO) holatiga keldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida WBA va IBF kamarlari hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevga tegishli bo‘lib, ularni aynan Deniel Romandan tortib olgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













