FIFA JCHga chiqqan jamoani mundialdan chetlashtirdi

FIFA JCHga chiqqan jamoani mundialdan chetlashtirdi
FIFA Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga chiqqan Ekvador milliy terma jamoasini yo‘llanmadan mahrum qildi.

Qayd etilishicha, janubiy amerikaliklar safida futbolchini soxtalashtirish bilan bog‘liq holat kuzatilgan. Himoyachi Bayron Kastilo aslida kolumbiyalik bo‘lib, Ekvadorning qalbaki pasporti bilan JCH saralash bahslarida maydonga tushib kelgan.

Shu tariqa, Ekvador MTJ Qatardagi Jahon chempionatiga bormaydi. Ularning o‘rnini saralashda 6-pog‘onani band etgan Chili egallashi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.