Rossiya matbuoti Bahodir Jalolov haqida fikr bildirdi: "Jalolov kelajagi buyuk bokschi!"

Rossiya matbuoti Bahodir Jalolov haqida fikr bildirdi: "Jalolov kelajagi buyuk bokschi!"
Rossiyaning Youtube\'dagi “neKARAte” kanali hamyurtimiz Bahodir Jalolov (10-0, 10 KO) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

\"Jalolov kelajagi buyuk bokschi! Buni tasavvur ham qila olmayman. Olimpiada va jahon chempioni, to‘rt karra Osiyo chempionati g‘olibi. Bu yigit ajoyib bokschi, zarbalari aniq. Bir so‘z bilan aytganda, undan qiziqarli janglar kutib qolamiz\", – dedi “neKARAte” kanali muallifi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 10 iyun kuni AQSHning Nyu-York shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida belgiyalik Jek Mulovayiga (11-2-1, 7 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
Rossiya matbuoti Bahodir Jalolov haqida fikr bildirdi: "Jalolov kelajagi buyuk bokschi!"
Ma’lumot uchun, havaskorlar o‘rtasida Jalolov 2020 yili Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida va 2019 yili Yekaterinburgdagi jahon chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.