Floyd Meyvezer yana jang qiladi. Raqib ma’lum!

Floyd Meyvezer yana jang qiladi. Raqib ma’lum!
Professional bokschi, besh vazn toifasidagi sobiq chempion Floyd Meyvezer (50-0,27 KO) navbatdagi ko‘rgazmali jangda ishtirok etadi.

U sentabr oyida tashkil etiladigan, Rizin turnirida yaponiyalik MMA jangchisi Mikuru Asakuraga qarshi jang qiladi. Ushbu to‘qnashuv boks qoidalari asosida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Meyvezer joriy yil Abu-Dabi shahrida Don Murga qarshi ko‘rgazmali jangda ishtirok etib, g‘alaba qozongandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.