Belarus kubogi. "Energetik-BGU" keyingi bosqichga yo‘l oldi, Abdixoliqovdan gol+pas

Belarus kubogi. "Energetik-BGU" keyingi bosqichga yo‘l oldi, Abdixoliqovdan gol+pas
Belarus Kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan \"Baranovichi\" - \"Energetik-BGU\" uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.

Dastlab, bellashuvning 88-daqiqasida legionerimiz Bobir Abdixoliqov hisobni ochdi. Biroq qo‘shib berilgan daqiqalarda raqib hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmaganidan so‘ng navbat ekstra taymlarga keldi. Unda Grishenko tomonidan kiritilgan ikkita gol evaziga \"Energetik-Bgu\" nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

\"Baranovichi\" — \"Energetik-BGU\" 1:3
Gollar
: Abduxoliqov, 88 (0:1), Kipra, 90+1 (1:1), Grishenko, 103 (1:2), Grishenko, 116 (1:3)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.