Yaponiyalik Naoya Inoue Ahmadaliyev yoki Fultondan kimni tanlashi haqida gapirdi

Professonal boksning 53,5 kg vazn toifasida WBA, IBF, WBC kamarlari egasi, 3 vaznda jahon chempioni, P4P yetakchisi yaponiyalik Naoya \"Monstr\" Inoue (23-0, 20 KO) 55,3 kgga vazn ko‘tarsa Murodjon Ahmadaliyev yoki Stiven Fultondan qaysi birini tanlab jang qilishi haqidagi savolga javob berdi.
\"Agar Ahmadaliyev va Fulton kamarlarni birlashtirish uchun harakat qilsa va men o‘z vaznimda 4 ta kamarni muvaffaqiyatli birlashtirsam, men va ular o‘rtasidagi bahs g‘olibi o‘zaro jang o‘tkazishi maqsadga muvofiq deb hisoblayman. O‘ylashimcha, bu jahon boksi uchun ham ideal ssenariy bo‘ladi\", - dedi Inoue.
Eslatib o‘tamiz, birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev (11-0, 8 KO) WBA va IBF kamarlarini Ronni Riosdan muvaffaqiyatli himoya qildi. WBC va WBO kamarlari esa amerikalik Stiven Fultonga (21-0, 8KO) tegishli bo‘lib turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!\"Agar Ahmadaliyev va Fulton kamarlarni birlashtirish uchun harakat qilsa va men o‘z vaznimda 4 ta kamarni muvaffaqiyatli birlashtirsam, men va ular o‘rtasidagi bahs g‘olibi o‘zaro jang o‘tkazishi maqsadga muvofiq deb hisoblayman. O‘ylashimcha, bu jahon boksi uchun ham ideal ssenariy bo‘ladi\", - dedi Inoue.
Eslatib o‘tamiz, birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev (11-0, 8 KO) WBA va IBF kamarlarini Ronni Riosdan muvaffaqiyatli himoya qildi. WBC va WBO kamarlari esa amerikalik Stiven Fultonga (21-0, 8KO) tegishli bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













