Futbol muxlislari va jamoatchiligi ishtirokida Football UzQuiz tashkil etiladi

Futbol muxlislari va jamoatchiligi ishtirokida Football UzQuiz tashkil etiladi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi UzQuiz ijodkorlari bilan hamkorlikda Football UzQuiz tashkil etishga qaror qildi. Unda futbol jurnalistlari va muxlislari ishtirok etadi. Bu haqda tashkilotning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rejaga ko‘ra, Superliga va Pro liga futbol klublari qoshidagi muxlislar klubi o‘z suyukli jamoasi nomidan loyihada ishtirok etadi. Shuningdek, O‘zPFL jamoasi ham muxlislar bilan birgalikda futboldagi bilimlarini sinab ko‘radi. Soha rivoji yo‘lida mehnat qilayotgan OAV ham loyihada ishtirok etish uchun taklif etilgan.

Dastur 15 iyul sanasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soati va aniq manzili haqida aniq ma’lumot keyinroq beriladi. Ayni vaqtda futbol klublari 6-10 nafardan iborat o‘z muxlislar jamoasini O‘zPFLga taqdim etishi kerak bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.