PSJ yangi murabbiyi Neymar va 7 nafar futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

PSJ yangi murabbiyi Neymar va 7 nafar futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi
PSJ hujumchisi Neymarning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Boisi, futbolchi parijliklar yangi bosh murabbiyi Kristof Galtening “qora ro‘yxati”dan joy olgan.

“Marca” nashri xabariga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis yangi mavsumdan e’tiboran o‘z jamoasida ko‘rishni istamayotgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqqan. 30 yoshli braziliyalik futbolchi ham murabbiyning rejalariga kiritilmagan sakkiz nafar futbolchi orasidan joy olgan. Shuningdek, Galte yangi mavsumda Neymardan tashqari Paredes, Diallo, Veynaldum, Ikardi, Draksler, Kurzava va Erreraga ham chiqish eshigini ko‘rsatmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq PSJ hujumchisi Kilian Mbappe ham braziliyalik hamkasbi bilan bir jamoada o‘ynashni istamayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Neymar yakuniga ketgan Fransiya chempionati doirasidagi 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.