«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ronalduning jamoadagi kelajagiga oydinlik kiritdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ronalduning jamoadagi kelajagiga oydinlik kiritdi
Erik ten Hag Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»ni tark etmasligini aytib o‘tdi.

- \"Shaxsiy sabablariga ko‘ra u biz bilan emas. Ronaldu yangi mavsumda jamoamizda bo‘ladi, gap tamom. U bilan ishlashni intiqlik bilan kutyapman.

Ronaldu ketishni xohlayotgani haqida? Uning o‘zi bu haqida gapirmadi. Faqatgina xabarlardan o‘qidim, yuqorida aytganimdek, Krishtianu sotilmaydi. U bizning rejalarimizga kiradi, Ronaldu bilan muvaffaqiyatga erishmoqchimiz.

Ushbu muammo paydo bo‘lishidan oldin u bilan gaplashgandik. Ronaldu bilan munosabatlarimiz yaxshi
\", - dedi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag.

Ma’lumot uchun, Ronaldu oilaviy sabablarga ko‘ra qo‘shimcha ta’til olgan. U qatorasiga to‘rt marta mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Krishtianuning «Manchester Yunayted» mashg‘ulotlariga qachon qo‘shilishi noma’lum.

37 yoshli hujumchi Lissabonda bo‘lib turibdi. U Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotlar bazasiga tashrif buyurgan.

Ronaldu 2021/22 yilgi mavsum mankunianliklar safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.