Erik ten Xag debyutida «Liverpul» tor-mor etildi

Erik ten Xag debyutida «Liverpul» tor-mor etildi
Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida APLning ikki grandi - MYU hamda «Liverpul» Tailandda nazorat o‘yinini o‘tkazdi.
Bahsda Erik ten Xag shogirdlari 4:0 hisobida zafar quchdi.

Hisob 12-daqiqada Jeydon Sancho tomonidan ochildi. Birinchi taym yakuniga qadar Fred hamda Marsyalning gollari manchesterliklarga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi. Klopp ikkinchi bo‘limda asosiy futbolchilarini maydonga tushirdi, ammo bu foyda bermadi. Aksincha, 76-daqiqada MYU futbolchisi Fakundo Pelistri oradagi farqni 4 taga yetkazdi.

Klopp ikkinchi bo‘limda asosiy tarkib futbolchilarini maydonga tushirdi, ammo bu foyda bermadi.

Ushbu uchrashuv «Manchester Yunayted» jamoasiga Erik ten Xag bosh murabbiy bo‘lib tayinlanganidan keyingi dastlabgi o‘yin bo‘ldi.

\"Qizil iblislar\" keyingi bellashuvni 15 iyul kuni \"Melburn Viktori\", mersisaydliklar \"Kristal Pelas\"ga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.