Vitaliy Denisov "So‘g‘diyona" bilan shartnoma tuzdi

Vitaliy Denisov "So‘g‘diyona" bilan shartnoma tuzdi
Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi kuni kecha tajribali futbolchi Vitaliy Denisovni taklif qilgani haqidagi xabar bir zumda barchaning e’tiborini tortgani rost.

35 yoshli futbolchi muzokaralardan keyin Ulug‘bek Baqoyev qo‘l ostida “So‘g‘diyona” sharafini himoya qilishga rozi bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Denisov klub bilan yarim yillik shartnoma imzoladi. Kecha Jizzaxda rasmiyatchilik ishlari hal qilindi.

SSKA, “Dnepr”, “Lokomotiv”, “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Rotor”, “Tom” va “Baltika” klublaridagi faoliyatidan so‘ng Denisov nihoyat O‘zbekistonga qaytishga qaror qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.