«Borussiya D» rekord narxga sotib olgan futbolchida saraton aniqlandi

«Borussiya D» rekord narxga sotib olgan futbolchida saraton aniqlandi
Foto: «Borussiya D»
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Sebastyan Allerda kasallik aniqlandi. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kot-d’Ivuar terma jamoasi forvardi dushanba tongida sog‘lig‘idan shikoyat qilgan. Qator tibbiy tekshiruvlar futbolchida saraton borligini ko‘rsatdi.

Aller jamoasining Shveysariyadagi yig‘inini tark etdi va ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasada davolanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Borussiya» Allerni «Ayaks»dan 31 million yevroga (yana 4 million bonus) sotib olgandi. Bu dortmundliklar uchun klub tarixidagi rekord transfer bo‘lgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.