"Nasaf"ning braziliyalik hujumchisi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

"Nasaf"ning braziliyalik hujumchisi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Avvalroq, xabar berganimizdek, Qarshining \"Nasaf\" klubi yozgi transfer oynasi paytida o‘z tarkibini kuchaytirish uchun bir qancha xaridlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, bugun \"ajdarlar\" o‘z safiga braziliyalik Mateus Limani qo‘shib oldi. Futbolchi bugun Toshkentda qarshiliklar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va kechki payt \"Nasaf\" ixtiyoriga yetib bordi. Shundan so‘ng Mateus \"Nasaf\" matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

\"Men bu yerga kelganimdan juda ham xursandman. O‘z o‘yinim bilan muxlislar mehrini qozonishga va jamoaga yordam berishga harakat qilaman\", - deydi Mateus Lima.

Eslatib o‘tamiz, \"Nasaf\" Mateus Lima bilan necha yillik shartnoma imzolagani hali rasman ma’lum qilinmagan.

\"Nasaf\" futbol klubi matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.