Levandovski Ronalduning yo‘lini to‘sib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Levandovski Ronalduning yo‘lini to‘sib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi
Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” rahbariyati “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini transfer qilgunga qadar taniqli agent Jorje Mendesh o‘z mijozi Krishtianu Ronalduni “Barselona”ga joylashga uringan.

Ronaldu asosiy raqobatchisi Lionel Messining sobiq jamoasida o‘ynash uchun maoshining 30 foizga pasaytirilishiga rozilik bergan ekan.

Ronalduning maqsadi Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoaga o‘tish bo‘lib qolmoqda.

Yozda portugaliyalik yulduz Manchesterdan ketib, “Barselona”, PSJ, “Atletiko”, “Bavariya”, “Real” va “Chelsi” kabi jamoalarga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumotlar chiqqan edi. Bu klublarning aksariyati katta maosh oladigan 37 yoshli hujumchi bilan hamkorlik qilishni istamadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.