"Nasaf" "Gent" tarbiyalanuvchisini jalb qilmoqda

"Nasaf" "Gent" tarbiyalanuvchisini jalb qilmoqda
Qarshi klubi yana bir legioner bilan shartnoma tuzadi. \"Gent\"ning kamerunlik tarbiyalanuvchisi, o‘ng qanot vingeri Serj Tabeku erkin agent sifatida \"Nasaf\" bilan kelishuv tuzishi mumkin.

Futbolchi faoliyati davomida Belgiyaning \"Gent\", \"Aud-Xeverle Lyoven\", \"Yunion\", \"Muskron\" kabi klublarida, shuningdek, Fransiyaning \"Sedan\" va Turkiyaning \"Manisa\" jamoalarida to‘p tepgan. Bundan tashqari, u Kamerun terma jamoasida 5 ta o‘yinda 1 ta gol urgan.

Uning oxirgi klubi \"Muskron\" edi. Transfermarkt portali 25 yoshli o‘yinchini 600 ming yevroga baholagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.