"Metallurg" raqiblarini yirik hisobda mag‘lub etishda davom etyapti

Bugun “Metallurg” klubi Tojikistonda “Xo‘jand”ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Gollarga boy o‘tgan bellashuvda bekobodliklar raqib ustidan 1:5 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
Avvaliga “Xo‘jand” futbolchisi Ilya Kojuxar tomonidan hisob ochilgandi. Shundan keyin “Metallurg” besh bor javob qaytardi. Bobur Farhodov ikkita gol urib dublni rasmiylashtirib qo‘ydi. Shuningdek, Behruz Shodmonov, Bektemir Abdumannonov va Anvar G‘ofurov ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.
Shu tariqa, “Metallurg” o‘rtoqlik o‘yinlarida raqiblarini yirik hisobda yengishda davom etyapti. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan safar Bekobodda “Andijon” 4:1 hisobida mag‘lub etilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Avvaliga “Xo‘jand” futbolchisi Ilya Kojuxar tomonidan hisob ochilgandi. Shundan keyin “Metallurg” besh bor javob qaytardi. Bobur Farhodov ikkita gol urib dublni rasmiylashtirib qo‘ydi. Shuningdek, Behruz Shodmonov, Bektemir Abdumannonov va Anvar G‘ofurov ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.
Shu tariqa, “Metallurg” o‘rtoqlik o‘yinlarida raqiblarini yirik hisobda yengishda davom etyapti. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan safar Bekobodda “Andijon” 4:1 hisobida mag‘lub etilgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













