“Real”, “Barsa” va “Yuventus” prezidentlari Las-Vegasda uchrashdi

“Real”, “Barsa” va “Yuventus” prezidentlari Las-Vegasda uchrashdi
\"Real\" prezidenti Florentino Peres, \"Barselona\" prezidenti Joan Laporta va \"Yuventus\" prezidenti Andrea Anelli Las-Vegasda uchrashib, Yevropa Superligasi loyihasini muhokama qildi, deb xabar beradi FCBN.

Manba bergan xabarga ko‘ra, klub rahbarlari turnirni qaytarish uchun loyihaga qanday o‘zgartirishlar kiritish kerakligini muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 19 aprel kuni 12 ta klub Superliga tashkil etilganini e’lon qilgan edi. Biroq muxlislarning noroziligi va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqining (UEFA) sanksiyalar tahdididan so‘ng, loyiha to‘xtatildi.

Aprel oyida Madriddagi sud UEFA va Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning yangi turnir tashkil etishni rejalashtirayotgan klublarga nisbatan sanksiyalar qo‘llashiga to‘sqinlik qilgan choralarni bekor qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.