«Bolonya» Eldor Shomurodov transferi uchun qancha taklif qilgani ma’lum bo‘ldi

«Bolonya» Eldor Shomurodov transferi uchun qancha taklif qilgani ma’lum bo‘ldi
«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov rimliklar safini tark etadi.

Avvalroq 27 yoshli futbolchi «Bolonya»ga o‘tishga yaqin ekani xabar qilingandi. Italiyalik jurnalist Nikolo Skira ham kelishuv yaqin orada rasmiylashtirilishini aytmoqda.

Qayd etilishicha, «Bolonya» o‘zbekistonlik hujumchini 9 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.

Avvalroq «Roma» Shomurodovni transfer qilish istagida ekani va shu sabab «Tottenhem»ga qarshi o‘yin uchun olib ketmagani ma’lum bo‘lgandi.

Shomurodov 2021 yilning yozgi transfer oynasida 18 million yevro evaziga «Jenoa»dan «Roma»ga o‘tgandi. U «bo‘rilar»safida jami 40 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol va oltita golli uzatma amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.