Shaxmat Olimpiadasi: Oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz 600 mln so‘m pul mukofoti oladi

Shaxmat Olimpiadasi: Oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz 600 mln so‘m pul mukofoti oladi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev \"Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida\"gi PQ-347-sonli qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, har 2 yilda 1 marotaba o‘tkazilinadigan nufuzli musobaqa Butunjahon shaxmat Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan shaxmatchimiz 600, kumush medal sohibi 300 hamda bronza medali egasi 150 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, ularning murabbiylari ham pul mukofotiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Alisher Sa’dullayev o‘zining \"Tvitter\"dagi sahifasi orqali qarorning bir qismiga tushuntirish berib o‘tdi.
Shaxmat Olimpiadasi: Oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz 600 mln so‘m pul mukofoti oladi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.