APL. «Manchester Siti» Erling Holand dubl qayd etgan o‘yinda London jamoasini taslim etdi

APL. «Manchester Siti» Erling Holand dubl qayd etgan o‘yinda  London jamoasini taslim etdi
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 1-turida «Manchester Siti» 7 avgust, yakshanba kuni «Vest Hem» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida londonliklar darvozasi tomon penalti belgilandi, uni Erling Holand muvaffaqiyatli amalga oshirgan holda «Manchester Siti» safidagi debyut golini urdi. 65-daqiqada Holand dublni rasmiylashtirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Pep Gvardiola jamoasi keyingi turda «Bornmut»ga qarshi bahs olib boradi, «Vest Hem» esa «Nottingem Forest»ga qarshi maydonga tushadi.

«Vest Hem» — «Manchester Siti» 0:2
Gollar
: 0:1 – 36, penalti Holand, 0:2 – 65 Holand.
«Vest Hem»: Fabianski (Areolya, 29), Soufal, Zuma, Jonson, Kressuell, Lansini (Benraxma, 57), Souchek, Rays, Fornals, Antonio (Skamakka, 57), Bouen.
«Manchester Siti»: Ederson, Uoker, Ake, Ruben Diash, Joau Kanselu, Mahrez, Palmer, Gundo‘g‘an (Bernardu Silva, 78), de Bryuyne, Rodri, Grilish, Foden, Holand (Alvares, 78).
Ogohlantirish: Joau Kanselu (45).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.