Tuxel va Konte London derbisidan keyingi "qo‘l siqish" uchun jazolanishdi

Tuxel va Konte London derbisidan keyingi "qo‘l siqish" uchun jazolanishdi
APL 2-turidan o‘rin olgan \"Chelsi\" - \"Tottenxem\" uchrashuvidan so‘ng yuz bergan holat uchun ikki jamoa murabbiylari jazolanishdi. O‘shanda Tomas Tuxel va Antonio Konte uchrashuv vaqtida Per-Emil Xeybergning golidan keyin bir-biri bilan tortishib qolishgandi. O‘yin yakunlanganidan keyin esa qo‘l siqish uchun borgan murabbiylarning janjali avj olib ketgandi. Hakam esa ikkala murabbiyni chetlatgandi.

Angliya futbol assotsiatsiyasining qaroriga ko‘ra, Tomas Tuxel ushbu vaziyatda nisbatan nohaq deb topilgan. Tashkilot ushbu holat bo‘yicha Tomas Tuxelga 35 ming funt jarima qo‘lladi. Bundan tashqari, Tuxel bir o‘yinga chetlatildi.
Tuxel va Konte London derbisidan keyingi "qo‘l siqish" uchun jazolanishdi
Biroq, Antonio Konte esa faqatgina 15 ming funt jarimaga tortildi. Ammo Tuxelning chetlatilishi borasidagi qaror vaqtinchalik to‘xtatib turiladi. Bunga sabab, tegishli tashkilot o‘z qarorini yozma ravishda asoslab berishi kerak. Bu esa biroz vaqt talab etadi.
Tuxel va Konte London derbisidan keyingi "qo‘l siqish" uchun jazolanishdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.